PHD MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

06/03/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: quyi kurslar kafedrasi o‘qituvchisi Yo‘ldoshev Samad Tojiyevich Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07 raqamli Ilmiy kengash majlisida 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “O‘zbek va ingliz tillarida ekzotizmlarning lingvistik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Institut jamoasi nomidan Yo‘ldoshev Samad Tojiyevichni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin dildan tabriklab, mustahkam sog‘lik, ilmiy izlanishlarida bardavom muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!