PHD MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

06/03/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi Saidov Xayotjon Raxmatulloyevich Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.I.12.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Institut jamoasi nomidan Saidov Xayotjon Raxmatulloyevichni ushbu ilmiy yutuq bilan chin dildan tabriklab, mustahkam sog‘lik, ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!