Pedagogika va psixologiya kafedrasi
Professor
Dotsent
Katta o‘qituvchi
O‘qituvchi
PhD va DSc
Umumiy ma’lumot
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi Institut kengashining 30-iyundagi 2022—2023 oʻquv yilida fakultetlar tuzilmasida yangi kafedralar ochish va mavjudlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi 11-son qarori ijrosini taʻminlash toʻgʻrisida 20.07.2022-yil № 107-A buyrugʻi asosida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Boboqulova Dilfuza Mengliboyevna rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada jami 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ulardan 3 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 2 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega. Shuningdek, kafedra tarkibiga 6 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar o‘qituvchi va 6 nafar stajyor-o‘qituvchi kiradi.
Kafedraning ilmiy salohiyati 27 foizni tashkil etadi.
- 60110100 – Pedagogika
- 60310300 – Psixologiya
- 60920100 – Ijtimoiy ish
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi jamoasi 2022–2025 yillar davomida samarali ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib, bir qator yutuqlarga erishdi. Jumladan, ushbu davrda kafedra professor-o‘qituvchilari orasidan 2 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 1 nafar psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldilar.
Ilmiy faoliyat
Kafedra a’zolari tomonidan ushbu yillarda 7 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta monografiya chop etildi. Shuningdek, xalqaro (jumladan, Web of Science va Scopus bazalarida indekslangan) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari to‘plamlarida 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi.
2025 yilda “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi hamda Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) Cibiru kampusi direktori professor Deni Darmavan va professor Neni Herlina o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum asosida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi.
Kelgusida qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish orqali ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish rejalashtirilgan.
Xalqaro hamkorliklar
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida Tojikiston Ta’lim akademiyasi professori B. Xusinov hamda O‘zbekiston Milliy universiteti professori X.J. Xudoyqulov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ta’lim, fan va ilmiy tadqiqot sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, konferensiyalar tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur muloqot tomonlar o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
BOBOQULOVA DILFUZA MENGLIBOYEVNA
Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori
Ilmiy unvon: dotsent
Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 99 556 68 11
Elektron pochta: d.boboqulova@dtpi.uz
Umumiy pedagogika
yunogogika
komparavistik pedagogika pedagogik mahorat
pedagogik tadqiqotlardi modellashtirish
Umumiy pedagogika va psixologiya
Eksprimental psixologiya
Xalq pedagogikasi
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi
Inkluziv ta’lim
Gaspital pedagogika
Oila pedagogikasi
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi