O‘zbekiston–Xitoy arxeologik ekspeditsiyasi: Chinortepada qadimiy tarix izlari o‘rganilmoqda

22/05/2025

Samarqand arxeologiya instituti, Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti (Sian) hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti olimlari hamkorligida Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida joylashgan qadimiy Chinortepa arxeologik yodgorligida 2023-yildan buyon keng ko‘lamli ilmiy qazishma ishlari olib borilmoqda.

Ushbu xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy ekspeditsiyada qadimiy tamaddunlar, kechirilgan turmush tarz, madaniyati va tarixiy rivojlanish bosqichlarini chuqur o‘rganish nazarda tutilgan.