🏛 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Toshkent kimyo texnologiya instituti professori, texnika fanlari doktori Mirzaqulov Xolto’ra Choriyevich tashrif buyurdi.
🔰 Tashrif davomida institutda mavjud o‘quv laboratoriyalari, o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishilib, tajriba almashdi.
🔵 Shuningdek, professor X.Ch.Mirzaqulov kimyo ta’lim yo’nalishi talabalariga o’zining tajriba, bilim, malaka va olib borayotgan ilmiy tadqiqot yo’nalishlari bo’yicha qimmatli ma’lumotlarini berdi. Shundan so’ng, DTPI rektori O.A.Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo texnologiya instituti o’rtasidagi kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik a’loqalarini yanada rivojlantirishda va institutni ilmiy salohiyatini yuksaklarga ko’tarishda bergan taklif va mulohazalari uchun professor X.Ch.Mirzaqulovga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.