Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173 son farmoni ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori va masʼul prorektorlari markazlashgan holda rektorat binosidagi kengash zalidan mazkur yigʻilishda onlayn tarzda ishtirok etdilar.