Oliy ta’limda sifat va akkreditatsiya mavzusida xalqaro forum!

20/09/2025

🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vebster universiteti hamkorligida 19-20-sentyabr kunlari “Oliy ta’limda sifatni ta’minlash va akkreditatsiya” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ta’lim sifati nazorati bo’lim boshlig’i D.Shukurov ham ishtirok etdi. Forumda ta’lim sifatini oshirish, xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish va ilg’or xorijiy tajribalarni o‘rganish bo‘yicha fikr almashildi.

🔸 Shuningdek, forumda Germaniya, AQSh, Belgiya, Nederlandiya, Rossiya, Qozog’iston va boshqa mamlakatlardan kelgan xalqaro akkreditatsiya tashkilot a’zolari va xorijiy oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatnashdi. Forum doirasida ta’lim sifatini oshirish va xalqaro akkreditatsiya bo’yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga oid kelishuvlarga erishildi.