Oliy ta’lim tizimida ochiqlik va sifatli nazorat tamoyillari asosida — navbatdagi tashrif
18/07/2025
⚡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida abituriyentlarning test sinov jarayonlarida ishtirokini bevosita ko‘zdan kechirish, ular uchun yaratilgan tashkiliy va texnik sharoitlar bilan tanishish, shuningdek, institutning ilmiy-pedagogik faoliyatini o‘rganish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Xurshid Eshov tashrif buyurdi.
📌 Tashrif davomida test sinovlari o‘tkazilayotgan binolar, abituriyentlar uchun yaratilgan qulayliklar, xavfsizlik va monitoring tizimlari, kirish imtihonlariga tashrif buyurgan ota-onalar va yaqinlari bilan suhbat olib borildi. Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan RIM va Hind markazi, “Chag‘oniyon etnografik-o‘lkashunoslik muzeyi” hamda yoshlar bilan ishlash, ularning ma’naviy-ma’rifiy rivojini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi. Mazkur tashrif institut faoliyatini yanada takomillashtirish va ochiqlik tamoyillarini kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.