Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining mini futbol turi bo‘yicha respublika final bosqichiga start berildi

19/05/2025

📌 Quvonarlisi, mazkur musobaqalarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi Surxondaryo viloyati sharafini himoya qilmoqda.

🏆 Institutimiz yoshlari ikkinchi o‘yinda Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi ustidan 3:1 hisobida ustun kelib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldilar. Qolaversa, DTPI jamoasi muddatidan oldin chorak final ishtirokchisiga aylandi.