Oliy matematika kafedrasi

Professor

0

Dotsent

0

Katta o‘qituvchi

0

O‘qituvchi

0

PhD va DSc

0

Umumiy ma’lumot

        Oliy matematika kafedrasi  2018 yil Termiz davlat universitetining Denov filialida tashkil etilgan.

        Prezidentimizning 2020 yil 17 apreldagi 4681-sonli qarori bilan Denov tumanida  Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Denov tadbirkorlik va   pedagogika instituti tashkil etildi va kafedra Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi deb nomlandi.

       2021 yilda tabiiy fanlar kafedra tarkibidan ajralib chiqqanligi sababli kafedra yana Oliy matematika deya nom oldi. Kafedra tarkibida ikkita 60540100- Matematika va             60540200- Amaliy matematika yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar 70540101-Matematika  yo‘nalishlari bo ‘yicha magistrlar tayyorlanadi..
       Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent M.Sobirova rahbarlik qilmoqda.
       Kafedrada 15 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar, jumladan, 4 nafar dotsent, 4 nafar katta o’qituvchi , 4 nafar o‘qituvchi va 3 nafari stajyor- o’qituvchilardir.           Ilmiy salohiyat 26,7 % ni tashkil etadi.

Ilmiy faoliyat

        Ilmiy faoliyat — kafedra a’zolari quyidagi sohalarda tadqiqot olib boradilar:

  • Funksional tahlil va operatorlar nazariyasi
  • Differensial tenglamalarning yechimlari
  • Kompleks tahlil va amaliyoti
  • Matematik modellashtirish va hisoblash usullari

         Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar — talabalar va yosh olimlar ishtirokida muntazam o‘tkaziladi.

        Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya, xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal va ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 180 tadan ortiq ilmiy maqola hamda tezislar nashr etildi.

Xalqaro hamkorlik

       Kafedra mahalliy va xorijiy universitetlar  bilan hamkorlik qiladi. Misol uchun, Tojikiston davlat moliya universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Ayniy nomidagi Tojikiston- iqtisodiyot universiteti, Osimi nomidagiTojikiston davlat texnika universiteti (Oliy matematika kafedrasi), ,  Adigey davlat universiteti (AGU) , Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti. Har yili hamkorlik doirasida  ilmiy seminarlar, treninglar, uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkaziladi.Oliy matematika kafedrasi     katta ilmiy salohiyatga ega va zamonaviy o’quv jarayonining dolzarb muammolarini hal qilishga qodir bo’lgan ijodiy jamoadir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalarni kasbiy faoliyatidagi  ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida ijodini o’rganish bo’yicha talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib bormoqda.

SOBIROVA MAVJUDA RUZIYEVNA

Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori

Ilmiy unvon: dotsent

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha

Telefon raqami: +998 90 174 23 44

Elektron pochta: mavjudasobirova79@gmail.com

Analitik geometriya
Algebra
Matematik analiz
Differensial geometriya va topologiya
Differensial tenglamalar
Matematika o’qitish metodikasi
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Matematik fizika tenglamalari
Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
Funksional analiz
Variatsion hisob va optimallashtirish usullari
Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika
Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar