“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida ezgu tashabbus
23/08/2025
⚡️ 22–23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida bugun ertalab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham xayrli ishlar boshlandi.
📌 Ushbu tadbir doirasida institut hududi va atrofidagi mahallalarda obodonlashtirish, tozalash, daraxt va gullar ekish, yo‘laklarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. O‘qituvchilar, talabalar, institut xodimlari va mahalla faollari bir yoqadan bosh chiqarib, o‘z hududini yanada go‘zallashtirish yo‘lida mehnat qilmoqdalar. Mazkur ezgu tashabbus yurtimizda tinchlik, poklik, mehr-oqibat va ahillik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.