“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida ezgu tashabbus
22/08/2025
⚡️ 22–23-avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida bugun ertalab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham ezgu ishlar boshlandi. Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Tursunov Dilmurat Xolmuratovich boshchiligida institut xodimlari bir yoqadan bosh chiqarib, obodonlashtirish ishlariga kirishdilar.
📌 Bu hasharda faqat mashaqqatli mehnat emas, balki mehr, birdamlik, insoniylik va fidoyilik ham mujassam. Institut hovlisi va atrofi supurilib, daraxtlar sayqal topdi, gullar ekildi, yashil makonlar charog‘on bo‘ldi. Bu kabi ezgu amallar nafaqat atrof-muhitni obod qiladi, balki qalblarni ham poklab, mahallamiz va yurtdoshlarimizga fayz baxsh etadi.