Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha loyihalar tanlovi
15/09/2025
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi eng dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ijtimoiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga kimlar ishtirok etishi mumkin? Nodavlat notijorat tashkilotlari.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi: ➖taʼlim tizimini rivojlantirish va sifatini oshirish; ➖ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash; ➖innovatsiyalarni joriy etish va tarqatish; ➖taʼlim jarayonini raqamlashtirish; ➖yosh olimlar va talabalarning ilmiy loyihalarini qoʻllab-quvvatlash; ➖inklyuziv taʼlimni rivojlantirish; ➖taʼlim infratuzilmasini rivojlantirish.
Taqdim etiladigan hujjatlar: ♦️ariza; 🔹ijtimoiy buyurtmani bajarishning batafsil tasnifi; 🔹davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi; 🔹NNT ustavining nusxasi; ♦️qarzdorlik mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma; 🔹litsenziya nusxasi.
Tanlov uchun loyihalar ariza namunasi (https://api-portal.gov.uz/uploads/ba4076b5-ca0b-0c64-d56f-65fcb97dfe47_media_.docx) bo‘yicha 2025-yil 1-oktyabrga qadar taqdim etiladi.