📌 Kecha, 28-noyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining navbatdagi noyabr oyi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish rektor O.A.Ruziyev raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi.
🏛 Yig‘ilishni institutimiz rektori O.A.Ruziyev boshqarib bordi.
✅ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor U.Bo‘tayevning, Pedagogika fakultetida ta’lim sifati va olib borilayotgan o‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar to‘g‘risida Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i D.X.Shukurovning, Institut profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va “Qalqon” jamoasi faoliyati to‘g‘risida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Mengliboyevning axborotlari tinglandi va har xil masalalar ko‘rildi.
📌 Kengash yig’ilishida ko’rilgan masalalar bo’yicha mas’ullarga ushbu topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.