Navbatdagi kengash yig‘ilishi

28/05/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boshchiligida institutning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ta’lim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqichi, muassasada amalga oshirilayotgan dasturlarni joriy etish, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda institutning pedagogik tizimini takomillashtirish va kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

📌 Kengash yig‘ilishida so‘z olganlar tomonidan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra institutning o‘ziga xos yutuqlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.