Muhim qadam

16/01/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloqxo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan boshlab 28-fevralga qadar respublika miqyosida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu muhim jarayonda DTPIdan bir guruh faol va tashabbuskor ko‘ngilli talabalar ishtirok etmoqda.
Ularning faoliyatini ta’minlash maqsadida viloyat ishchi guruhi vakillari tomonidan joriy yilning 12-yanvar kuni maxsus seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etilib, ro‘yxatga olish jarayonining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi.
Tadbirda: Institut rektori O.Ruziyev, o‘quv ishlari bo‘yicha v.v.b. prorektor D.Shukurov, Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari M.Raxmonov va statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Do‘stnazarov hamda Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tuman statistika bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi.