“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichi jarayoni
02/04/2026
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi Kimyo yo‘nalishi 2-bosqich talabasi O.T.Mengboboyeva, ustozi B.Xusanov rahbarligida “Oqova suvlarni teskari osmos va ultrafiltrlash usuli yordamida tozalash” mavzusida ishtirok etib, faxrli o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
⚡️ Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish boʻlimi boshlig‘i M.Jurayev hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i I.Sattorov tomonidan institutning iqtidorli talabalari o‘z loyihalarini shakllantirish va rivojlantirishda yaqindan amaliy yordam olmoqda va ularga tegishli tavsiyalar berilib kelinmoqda.