Mirzo Ulugʻbek vorislari, “Akademik harakatchanlik” tanlovlari va nomdor stipendiyalar bo‘yicha seminar–trening bo‘lib o‘tdi

12/02/2026

📌 Bugun Pedagogika fakulteti faollar zalida tashkil etilgan seminar-trening ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.

👥 Treningni Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i M. Jurayev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.Sattorovlar o‘z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.

✨ Seminar-treningda barcha iqtidorli, tashabbuskor va faol talabalar ishtirok etib, o‘z ilmiy g‘oyalari va takliflarini taqdim etdilar.

https://t.me/iqtidorli_DTPI