🏛 Pedagogika fakultetida talabalar jamoasi va pedagog-xodimlari ishtirokida “Milliy liboslar chellenji” tashkil etildi.
🔍 Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Ravshanqulova tashabbusi bilan tashkil etilgan jarayonda yuzlarida milliylik ifodasi ufurib turgan yigit-qizlarimiz milliy liboslarda qalbida katta g‘urur va faxr hissini mustahkamladi.
👉 Milliylik — bu odamning o‘ziga xosligini, madaniy merosini, tilini, an’analarini va millatga tegishlilik hisini aks ettiruvchi tushuncha. Milliylik insonni jamiyatda bir guruhga bog‘laydi, o‘ziga hurmat va mas’uliyatni his etishga undaydi.