🔹 O‘zbek xalqining milliy liboslarida xalqimizning tarixi, milliy qadriyatlarimiz, qadimiy urf-odat va an’analarimiz mujassam etilgan bo‘lib, bugungi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📌 Xuddi shu maqsadda bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti mas’ullari tashabbusi bilan, “Milliy liboslar” kuniga bag’ishlangan “Milliy libos-millat qiyofasi” mavzusida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.