Mehnat yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi

24/04/2025

🏢 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-martadagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 114-sonli buyrug‘i hamda 2025-yil 24-martdagi 10-742-sonli xati bilan Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari va “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

📌 Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bitiruvchi talabalari uchun boʻsh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi.

🌸 Tartib bitiruvchilarga o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘maklashish, maslahatlar berish va ishga joylashish imkoniyatlarini shakillantirishiga xizmat qiladi.