Markaz faoliyati

19/05/2025

🏢 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 20-martdagi 114-sonli buyrug‘i, shuningdek, “Oʻzmilliybank” AJ Boshqaruv raisi tomonidan 2025-yil 12-martda imzolangan “Kelajakka qadam” markazi faoliyatini tashkil etish tartibi ijrosini ta’milash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Kelajakka qadam” markazining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🌸 Endilikda, “Kelajakka qadam markazi”da bitiruvchi kurs talabalari o`z biznes g`oyalarini taqdim etib, tadbirkorlik bilan shug`ullanish bo`yicha savollariga javob olmoqda.