“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida sahna asari namoyish etildi

28/10/2025

♻️Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida fakultet iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Turon” teatr jamoasi a’zolari dramaturg Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni tomoshabinlarga taqdim etdilar.

📌 Spektaklda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilm-fanga, adolatga sadoqati badiiy talqinda yoritildi. Talabalar o‘z ijrolari orqali nafaqat aktyorlik mahoratini, balki milliy tariximiz, ilm va ma’rifatning ahamiyatini chuqur ifoda etdilar.

⚡️ Tadbir davomida tomoshabinlar tomonidan spektakl katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirish, teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.