🏛 Buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⚡️ Tadbirda institut rektori O.A.Ruziyev, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Mengliboyev, fakultet dekani M.Toshboboyev, dekan o‘rinbosari A.Ibragimov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
🎨 Tadbirni institut rektori O.A.Ruziyev kirish so‘zi bilan ochib, Z.M.Boburning hayoti, amalga oshirgan buyuk ishlari, boy tarixiy merosi hamda bebaho badiiy-adabiy ijodi haqida atroflicha so‘z yuritdi. Fakultet talabalari Boburning g‘azal va ruboiylaridan namunalarni ifodali tarzda o‘qib berdilar, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
📍Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi va ishtirokchilarda chuqur ma’naviy taassurot qoldirdi.