⚡️ DTPI rektorining 2025-yil 22-martdagi 61-A-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, pedagog kadrlar tayyorlash tizimini maktab ta’limi sohasidagi islohotlar bilan uyg‘unlashtirish va biriktirilgan maktablarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Oliy matematika ” kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Oltinsoy tumanidagi 34-umumta’lim maktabida bo‘ldilar.
✔️ O‘rganishlar davomida maktabda metodik xona tashkil qilindi, o‘qituvchilar va o‘quvchilariga metodik yordam sifatida “Oliy matematika ” kafedrasi mudiri (dotsent ) M.R.Sobirova va o‘qituvchi B.M.Rustamovlar tomonidan tayyorlangan “PISA masalalarini yechish bo‘yicha ochiq topshiriqlar namunasi” nomli uslubiy qo‘llanmalar topshirildi.