Maktabgacha ta'lim kafedrasi
Professor
Dotsent
Katta o‘qituvchi
O‘qituvchi
PhD va DSc
Umumiy ma’lumot
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi 2021-yilning 1-aprelidan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining №31-POʻ-sonli buyrugʻiga asosan alohida “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi tashkil etilgan.Hozirgi kunda kafedraga O.M.Achilov rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar, jumladan, 1 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi va 6 nafar stajyor-o‘qituvchilar tashkil etadi.Kafedra ilmiy salohiyati 12 % ni tashkil etadi
Kafedrada 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Ilmiy faoliyat
“Maktabgacha ta’lim ” kafedrasida “Maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotga islohatlar va yangiliklar” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
“Maktabgacha ta’lim ” kafedrasi jamoasi 2022-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) diplomiga ega bo‘lgan.Kafedrada 2 nafar doktarantura, 6 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy ishlari bo’yicha faoliyat olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 14 ta o‘quv qo‘llanma va 4 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 180 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Xalqaro hamkorliklar
Kafedra professor-o‘qituvchilari Tojikiston Respublikasidagi Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti bilan ta’lim tizim pedagoglarining malakasini hamda talabalarning Pedagogika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2025-yilning 1-may-30-may kunlari kafedra professor-o‘qituvchilari O.M.Achilov, S.U.Esanova, M.B.Ermatova va B.E.Aliyevalar universitetida malaka oshirish kursini o‘tashdi.
Kafedra xorijiy mamlakatlar, xususan, Indoneziyaning Pendidikan universiteti S.Ayniy Tojikiston davlat uiversiteti va Turkiya, Rossiya, Belarusiya, Qozog’iston respublikasi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
ACHILOV OBID MUZROBOVICH
Ilmiy darajasi:
Ilmiy unvon:
Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 93 972 91 71
Elektron pochta: o.achilov@dtpi.uz