Maktab o‘quvchilarining oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi

20/05/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari va texnologiyalari” kafedrasining stajyor-o’qituvchisi A.Bolliyev tomonidan Denov tumanidagi 20-53-90 va 11-IMI maktablarida oliy ta’limga qiziqishi yuqori hamda bilimga chanqoq yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

📌 Mazkur uchrashuvlar davomida o‘quvchilarga: Oliy ta’limning ahamiyati, Zamonaviy kasblar va ular uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar, talabalik hayoti va kelajak imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Targ‘ibot davomida yoshlarga Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida mavjud fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy hamkorlik dasturlari va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv tizimi haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.