Magistrlik dissertatsiya himoyasi

11/06/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2024-yil 28 dekabrdagi 662-53-sonli buyrug‘iga asosan, 70110501-‘‘Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi’’ (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi bitiruvchi kurs talabalarining magistrlik dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Jarayonda Termiz davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent D.N.Kadirova raisligida Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari Denov tumanidagi umumta’lim maktablarining oliy toifali o‘qituvchilari va Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
📌 Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari magistrlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tahlil qilib, ishning bajarilish holati, ishning tuzilishi, tarkibi, ilmiy yangiligi va asoslanganlik holatini tekshirib, muhokama asosida xulosa berishdi.