“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”

25/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ–153-son qaroriga muvofiq, har yili noyabr oyi mamlakatimizda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” sifatida e’lon qilingan.Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi S, Jumayev va K, Xudoyqulov hamda  talabalar ishtirokida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida uchrashuv o‘tkazildi.Tadbir davomida talabalar internetdan ongli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar. Undan tashqari talabalar tomonidan sodir etilayotgan salbiy xolatlar va ularning salbiy oqibatlari to’grisida ham to’xtalib o’tildi.