Kibermadaniyatni yuksaltirish

26/11/2025

⚡️ Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida 1–30 noyabr kunlari davom etayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish” profilaktik targ‘ibot oyligi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✅ Tadbirda viloyat IIB “Kiberxavfsizlik” bo‘limi tezkor vakili, kapitan F. Xoliqov, institut profilaktika katta inspektori, mayor O. Toshtemirovlar tomonidan bugungi kunda jiddiy xavfga aylanib borayotgan kiberjinoyatlar, ularning salbiy oqibatlari, kibermadaniyatni shakllantirishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda xushyor bo‘lish haqida batafsil tushunchalar berildi.

💳 Shuningdek, bank kartalaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi, begona APK fayllarini ochmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ham ta’kidlab o‘tildi.

🎥 Uchrashuvda mas’ullar tomonidan videoroliklar namoyish etilib, hayotiy misollar asosida yoshlar ongiga mavzuning mohiyati yetkazildi.