Kiberjinoyatchilikning oldini olish – dolzarb vazifa

06/02/2026

🏛 Bugungi kunda kiberjinoyatchilikning oldini olish, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning bilim va tushunchalarini boyitish eng muhim vazifalardan.

📍Shu munosabat bilan kecha Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Talaba yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat IIB ATSJQKB xodimi B.Abdualimov axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlar ortib borayotganini ta’kidladi.

✅ Uchrashuv davomida Sh.Abdualimov talabalarga shaxsiy ma’lumotlar, bank plastik kartalari rekvizitlari kabi muhim axborotlarni sir saqlash zarurligi haqida tushuntirish berdi.

💥 Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan soxta havolalar, yolg‘on qo‘ng‘iroqlar hamda shubhali ilovalardan ehtiyot bo‘lish lozimligini ta’kidladi.