🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boshchiligida Pedagogika fakultetida institutning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, institutimiz rektori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qaror va buyruqlari asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
📌 Yig‘ilishda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, DTPIda 2026-yilning I-chorak bo‘yicha ilmiy faoliyatda maqsadli ko‘rsatgichlarning ijrosi to‘g‘risida, Filologiya fakultetida ta’lim sifati va olib borilayotgan o‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar to‘g‘risida mutasaddilarning hisoboti tinglandi.
💥 Kengashda o‘rnatilgan tartibda tegishli qarorlar qabul qilindi.