Kengash yig’ilishi

26/06/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boshchiligida institutning navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda ta’lim va ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqichi, talabalar tayyorlovini yanada sifatli va samarali tashkil etish, pedagogik faoliyatni yangilash hamda muassasada amalga oshirilayotgan yangi dasturlarni joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

⚡️ Yig‘ilishda O.Ruziyev, so‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda institutning pedagogik tizimini takomillashtirish va kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra institutning o‘ziga xos yutuqlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.