Joriy yilning 2-iyun kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Farovon oila — sari” tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
03/06/2025
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad, oilaviy qadriyatlarni asrash, milliy va umuminsoniy an’analarni avlodlar qalbiga singdirish, sog’lom va farovon oilalarni keng targ’ib yetishdan iborat. Tanlovda har bir fakultetidan g’olib bo‘lgan munosib oila juftliklari qatnashdilar:
➖ Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti — Niyozovlar oilasi; ➖ Aniq va tabiiy fanlar fakulteti —To’laganovlar oilasi; ➖ Pedagogika fakulteti —Avloqulovlar oilasi; ➖ Filologiya fakulteti —Aleksandr Lilar oilasi.
🔹 Tanlovda Avloqulovlar oilasi o‘zaro hurmat va mehr-oqibatga asoslangan munosabati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak ehtiromi bilan boshqalardan ustun kelib, g’oliblikni qo‘lga kiritdi. G’oliblar tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.