Jarayon

04/06/2025

⚡️ Denov tumanida joylashgan Surxon MFYda xotin-qizlar o‘rtasida “Sog’lom oila-sog’lom millat” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada mahallarda yashovchi ayollar bilan birgalikda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova rahbarligidagi jamoa ham ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahs natijalariga ko‘ra;

🥇-o‘rinni DTPI xotin-qizlar jamoasi;
🥈-o‘rinni tuman xotin-qizlar faollari jamoasi;
🥉-o‘rinni Surxon mahallasi xotin-qizlar jamoalari qo‘lga kiritdi.

🏆 G’olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.