Jarayon

20/02/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti (N. Dobrolyubov nomidagi) bilan tuzilgan Hamkorlik memorandumi asosida 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida rus va ingliz tillari bo‘yicha nufuzli xalqaro onlayn olimpiada yuqori saviyada o‘tkazildi.

🖇 Mazkur intellektual bellashuvda institutimizning 60 nafarga yaqin bitiruvchi talabalari faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qildilar. Olimpiada Rossiya Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 10 ta imtiyozli kvota uchun kurashish imkonini yaratdi.

📌 Tadbir jarayoni ochiqlik, shaffoflik va yuqori tashkiliy saviya asosida olib borildi. Ishtirokchilar nafaqat til bilimlari, balki xalqaro akademik mezonlarga mos kompetensiyalari bilan ham ajralib turdilar.