⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi 18-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash hamda yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilimlarini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xoʻjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoshida “BIOLOGIYA” fani kursi tashkil etilib, kafedraning malakali oʻqituvchisi A.Bolliyev mas’ul qilib biriktirilgan edi.
📌Mana bugun kafedraning malakali oʻqituvchisi A.Bolliyevning mashaqqatli mehnatlari natija berib, Denov tumanidagi 22-51-90-umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o’quvchilar Abdurahmonova Tamanno, Ahmedov Olimjon, Donayev Bobur, Abduqodirov Hasan, Xurramov Abdulazizlar kursning dars mashgʻulotlarida faol qatnashib, umumtaʼlim fanlaridan Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida imtiyoz beruvchi milliy sertifikatlarga ega boʻlishdi.
✅ Institut rektori O.Ruziyev tomonidan sertifikat sohiblari munosib rag‘batlantirilib, ularga Tashakkurnoma hamda Badiiy kitoblar topshirildi. Ushbu e’tibor yoshlarning ilm-fan yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.