Jarayon

14/01/2026

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida faoliyat boshlagan Karyera markazining ish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Denov tumani hokimi Anvar Normamatov tashrif buyurdi. Tashrif davomida institut rektori Oybek Ruziyev mehmonlarga markazning asosiy vazifalari, jumladan, talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish, shuningdek, hududiy tashkilot va korxonalar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

📌 Uchrashuv jarayonida tuman hokimi tomonidan Karyera markazining faoliyati ijobiy baholanib, uni yanada takomillashtirish, yoshlarning zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashini qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilarni hudud iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ish o‘rinlari bilan ta’minlash yuzasidan muhim tavsiyalar bildirildi. Tadbir davomida tomonlar yosh mutaxassislarning salohiyatidan samarali foydalanish, ularning bandligini oshirish va tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shishi masalalari bo‘yicha atroflicha fikr almashdilar.