⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda institut rektori O. Ruziyev, harbiy soha vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida Vatan himoyachilarining jasorati, fidoyiligi va mamlakat tinchligini ta’minlashdagi muhim o‘rni alohida e’tirof etildi.
📌 Shuningdek, tadbir doirasida vatanparvarlik ruhini yuksaltiruvchi chiqishlar, she’rlar va musiqiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Harbiylar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatlar talabalarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Tadbir ishtirokchilari ushbu bayram tadbiri yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.