Jarayon

23/12/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida dekabr oyi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori O.A. Ruziyev, prorektorlar A. Mengliboyev va R. Shukurov, fakultet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

🖇 Yig‘ilishni fakultet dekani M. Toshboboyev olib bordi. Unda KPI tizimini joriy etish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sessiya jarayoniga tayyorgarlik va talabalarni qishki ta’tilga kuzatish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📌 Yig‘ilishda ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi va o‘quv-uslubiy faoliyatni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.