🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Pedagogika fakultetida navbatdagi tashkiliy va madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Maktabgacha ta’lim kafedrasining “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan “San’atga oshno dillar” nomli konsert dasturi namoyish etildi. Mazkur dastur institut hayotida muhim ahamiyat kasb etib, san’at va madaniyatga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. Konsert dasturi institut rektori O. A. Ruziyev tomonidan bildirilgan samimiy tabrik so‘zi bilan ochib berildi.
📌 Tadbirda institut rahbariyati, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, mas’ul xodimlar hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Talabalar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, yoshlarning ijodiy salohiyati va san’atga bo‘lgan qiziqishini yaqqol namoyon etdi.