⚡️ Joriy yilning 1-dekabr sanasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tashabbusi bilan 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “OITSga qarshi kurash: Bilim, Himoya va Birlik” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi – aholining OITS bo‘yicha xabardorligini oshirish, profilaktik choralar haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, OITSga chalingan shaxslarga nisbatan kamsitish va salbiy munosabatlarning oldini olish orqali jamoada birdamlik, ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
🖇 Tadbirda Denov tuman OIV profilaktikasi markazidan malakali mutaxassislar hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi D.Sodiqovalar ishtirok etdilar.