⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti doimo talabalarining ijtimoiy sharoitlariga katta e’tibor qaratadi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Mengliboyev Pedagogika fakulteti hududida joylashgan 3-4-TTJda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari va muammolari haqida batafsil ma’lumot oldi. Bu tadbir talabalar hayotini yaxshilash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Shuningdek, institut rahbariyati va tegishli bo‘limlar tomonidan talabalar yashash joylarida doimiy monitoring o‘tkazilib, ularga zarur yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu chora-tadbirlar talabalar ma’naviyatini mustahkamlash, ularning ilmiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.