Jarayon

17/09/2025

⚽️ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “5 muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash va talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Mini futbol” sport musobaqasi davom etmoqda.

🏆 Musobaqa 2-kurs talabalari o‘rtasida tashkil etilib, jamoalar g‘alaba uchun faol kurash olib bormoqda.

🏅 Jarayonlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev ham ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi va bunday sport tadbirlarining yoshlar rivojidagi o‘rni katta ekanligini ta’kidladi.