⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O. Ruziyev, Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tyutorlari va talaba yoshlari Denov tumanida joylashgan “Yoshlar sayilgohida” yangi tashkil etilayotgan Book Kafe faoliyati bilan tanishdilar. Kafe, yoshlarni bilim olish va ijodiy rivojlanishda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
📌 Book Kafe faoliyati yoshlar orasida o‘qish madaniyatini oshirish, ilm-fan va san’atga qiziqishni kuchaytirish, shuningdek, talabalar va yoshlarni o‘zaro muloqotga jalb qilishga imkon yaratadi. Bu joy nafaqat kitobsevarlar uchun, balki turli fikrlarni almashish va ijodiy tajribalarni rivojlantirish uchun mukammal imkoniyatdir. Denov tumanidagi yoshlar uchun bunday tashabbus, ularning intellektual va madaniy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.