⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida stipendiya dasturlarining ahamiyati, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish jarayonlari hamda tanlovda muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌 Mazkur uchrashuv talabalarda katta ruhiy ko‘tarinkilik yaratib, ularning maqsad sari yanada qat’iyat bilan intilishiga turtki bo‘ldi. Rektor O.Ruziyev iqtidorli yoshlarni doim qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirar ekan, ular ilm-fan va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdi.