Jarayon

17/06/2025

🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bugungi kunda xalqaro madaniyatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan institutda Hind markazi, Tojik ta’lim va madaniyat markazi hamda Rus tili taʼlim markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlar talabalar va jamoatchilik o‘rtasida turli tillarni o‘rganish hamda madaniy almashinuvlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🔸 Markazlar orqali talabalar nafaqat tillarni mukammal o‘zlashtirish, balki turli mamlakatlarning madaniyati va anʼanalarini yaqindan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa institutda ta’lim sifatini oshirish bilan birga, yoshlarni xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashga xizmat qilmoqda.