🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 5-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan “Workshop” hamda mehnat yarmarkalari “Karyera kuni”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yiicha DTPIda 2026-yil 31- mart kuni bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbirni institut rektori O.A.Ruziyev kirish so`zi bilan ochdi va “Karyera kuni” boʻsh ish o‘rinlari yarmarkasining maqsadi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
💬 Tadbirda tuman hokimi A.N.Normamatov so‘zga chiqib, tumandagi mavjud jamoalar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tashrif buyurganini e’tirof etdi.
🔷 Tadbir davomida 171 nafar talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.