Iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyat – “Rektor stipendiyasi” tanlovi

08/05/2025

⚡️ Iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni yanada rag‘batlantirish maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori tashabbusi bilan “Rektor stipendiyasi” tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlov institut miqyosida o‘tkazilib, talabalarning bilim va salohiyatini aniqlashga qaratildi. Tanlovning test sinovi bosqichi talabalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, bilimdon yoshlar o‘zaro raqobatda o‘z salohiyatlarini namoyon etishdi.

📌 Tanlov orqali nafaqat eng bilimli talabalarni aniqlash, balki ularni moddiy jihatdan rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan. Bu esa yoshlarga yangi maqsadlar sari intilish, o‘z ustida tinmay ishlash uchun kuchli motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. “Rektor stipendiyasi” tashabbusi yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim qadamdir.