Ichki turizm

28/05/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ichki turizmni rivojlantirish, yurtimizning tarixiy-madaniy meros obyektlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida ishtirokchilar Xiva shahridagi diqqatga sazovor joylarda bo‘lib, ularning tarixi va arxitektura xususiyatlari bilan tanishdilar. Mazkur sayohat talabalarda tarixiy bilimlarni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni chuqur anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.

📌 Ma’lumot o‘rnida, Xorazm viloyati, o‘zining boy tarixi va madaniy merosi bilan mashhur. Sayohat davomida talaba-yoshlar Arda qishlog‘ida joylashgan qadimiy obidalarni, Xiva shahrining go‘zal arxitekturasini va Ichan qalʼasining betakror tarixini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.